Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha yangiliklar

"UzGasTrade" AJda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi ostida mustaqillikning 34 yillik bayram tadbiri o‘tkazildi

29 Avgust 2025

133

        Yurtimizning barcha goʻshalarida boʻlgani singari “UzGasTrade” AJda ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” ezgu gʻoyasini oʻzida mujassam etgan, eng ulugʻ, eng aziz bayram — mustaqilligimizning 34 yillik ayyomini munosib nishonlash maqsadida keng tayyorgarlik ishlari olib borildi, 22-23-avgust kunlari boʻlib oʻtgan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharda jamoa birdam boʻlib obodonlashtirish ishlarini olib bordi. Binoning ichki va tashqi tomonlari tozalandi. Shuningdek, binoning kirish qismiga, xodimlar koʻp toʻplanadigan hududlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga 34 yil, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori aks etgan bannerlar bilan bezatilib, bayram shukuhi berildi. Bugun Jamiyat xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish va ularning mehnatini munosib taqdirlash maqsadida bayram dasturxoni yozildi. 

        Tadbirni  “UzGasTrade” AJ Boshqaruv raisi Agzamov Alisher Taxirovich ochib berdi.  A.Agzamov oʻz soʻzida jamoani ulugʻ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Boshqaruv raisi oʻz tabrigida vatanimizda inson qadri yanada ulugʻlanayotgan bu kunlarda bayram shodiyonalari har bir yurtdoshimiz qalblarida hayajon, shod-u xurramlik bilan qarshilanayotganligini taʼkidladi.

        Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Jamoada alohida jonbozlik koʻrsatib faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlar faxriy yorliq, maqtov yorligʻi, tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

        Tadbirda soʻzga chiqqan faollar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib, istiqlolimiz, uning beqiyos neʼmatlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida ishtirokchilarga aniq misollar asosida tushunchalar berildilar hamda soʻz yakunida iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani jamiyat xodimlarining kelgusidagi ishlariga rivojlar tilashdi.

Powered by GSpeech