Sayt test rejimida ishlamoqda


Barcha yangiliklar

«UzGasTrade» AJda xotin-qizlar uchun «Milliy Party» tadbiri o‘tkazildi

9 Oktyabr 2026

10

Bugun — haftaning juma kunida mamlakatimiz bo‘ylab nishonlanayotgan «Milliy liboslar kuni» munosabati bilan, jamiyatimizda ham ayol xodimlar ishtirokida o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda nafaqat milliy liboslar jozibasi, balki eng go‘zal urf-odatlarimiz ham bo‘y ko‘rsatdi. Xodimalarimiz o‘zaro samimiy so‘rashish va xushmuomalalik bilan choy uzatish kabi chiroyli an’analarimizni jonlantirishdi. Dasturxonga ko‘rk bag‘ishlagan milliy shirinliklar esa suhbatlarga yanada shirin kayfiyat bag‘ishladi. 

O‘zbek tili bayrami tadbirlari doirasida har bir ishtirokchi bugungi kunda kundalik hayotimizda kam foydalaniladigan chiroyli va qadimiy o‘zbek tili lug‘atidagi so‘zlar hamda ularning mazmun-mohiyatini yoritib berishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xodimalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Bu esa jamoamiz ayollariga yanada cheksiz g‘urur va kuch bag‘ishladi. 

Powered by GSpeech