"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
24 Iyul 2026
32
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida mamlakatimiz bo‘ylab turli targ‘ibot tadbirlari, sayyor konsertlar va badiiy kechalar tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbuslar doirasida "UzGasTrade" aksiyadorlik jamiyatida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil amalga oshirildi. Xususan, Jamiyat Boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan 2026-yil 20–24-iyul kunlari "Milliy qadriyatlar haftaligi"ni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasi asosida bir hafta davomida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Haftalik doirasida:
tantanali ochilish marosimi;
"Milliy qadriyatlar bilimdoni" elektron viktorinasi;
"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" rukni;
"Xalq og‘zaki ijodidan" rukni;
milliy kuy-qo‘shiqlar va mumtoz musiqa daqiqalari;
Milliy sport va sog‘lom turmush kuni kabi targ‘ibot tadbirlar tashkil etilib, xodimlarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qildi.
Haftalik 24-iyul kuni yakuniy tadbir bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir doirasida Milliy liboslar kuni, Milliy taomlar va milliy mehmondo‘stlik kuni hamda "Milliy qadriyatlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirni Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh. Nusharova ochib berib, Mustaqillikning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodlarga yetkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, haftalik davomida faol ishtirok etgan xodimlarga minnatdorlik bildirib, barchani Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yini munosib kutib olish va yuksak saviyada o‘tkazishda faol ishtirok etishga, Vatan ravnaqi yo‘lida daxldorlik va mas’uliyat bilan hissa qo‘shishga chorladi.Tadbir davomida xodimlar milliy liboslarda ishtirok etib, milliy taomlar taqdimoti, o‘zbekona mehmondo‘stlik muhiti va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi an’analar namoyish etildi.
Yakuniy tadbir Jamiyat jamoasida bayramona kayfiyatni yanada mustahkamlab, xodimlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi
Yoshlar kuni doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi