Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi
10 Aprel 2026
6
Kecha buyuk sarkarda, davlat arbobi va milliy davlatchiligimiz timsoli bo‘lgan Amir Temur tavalludining 690 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruh, katta ehtirom va bayramona kayfiyatda keng nishonlandi. Prezidentimiz qaroriga muvofiq, joriy yilda ushbu qutlug‘ sana yurtimiz miqyosida keng nishonlanib, aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan.
Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron haykali poyiga Respublika vazirlik va idoralari, turli tashkilotlar vakillari tomonidan gul qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim xalqimizning buyuk ajdodimiz xotirasiga bo‘lgan chuqur hurmati, uning boy tarixiy merosiga yuksak ehtiromining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Shuningdek, yubiley munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyi yana o‘z eshiklarini keng ochdi. Yangilangan muzey zamonaviy ekspozitsiyalar, interaktiv texnologiyalar va boy tarixiy eksponatlar bilan boyitilib, bayram kunlari tashkilot va idoralar xodimlari, o‘quvchi-yoshlar, talabalar hamda keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan ziyorat qilindi.
“UzGasTrade” AJ jamoasi ham ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, Amir Temur va uning sulolasi tarixi, davlat boshqaruvi tamoyillari hamda bunyodkorlik merosi bilan yaqindan tanishdi. Muzeydagi noyob eksponatlar va tarixiy manbalar jamoa a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Umuman olganda, Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimiz bo‘ylab ajdodlarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va tarixiy merosga ehtirom ruhida yuksak saviyada nishonlandi. Bu sana xalqimiz qalbida Sohibqiron nomiga bo‘lgan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
RAMAZON HAYITI MUBORAK!
O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari e`lon qilindi