Jamiyatda Juma — milliy liboslar kuni yuqori ruhda o‘tkazildi
27 Fevral 2026
361
Bugun Jamiyatda Juma — milliy liboslar kuni milliylikka hurmat va ehtirom ruhida tashkil etildi.
Tadbir doirasida dastlab siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazilib, unda xodimlar hafta davomida mamlakatimiz va sohada yuz bergan muhim voqealar bilan tanishdilar hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirning asosiy qismi sifatida Transformatsiyani amalga oshirish bo‘limi mutaxassisi A. Qodirov tomonidan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan maqsadli seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida Davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan tizimli islohotlar hamda ularning Jamiyat faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi batafsil tushuntirib berildi.
Mazkur seminar xodimlarning huquqiy ongini yuksaltirish, davlat dasturlarining mazmunini chuqur anglash hamda ularni amaliy faoliyatga samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida milliy qadriyatlarga hurmat, islohotlarga daxldorlik hissi va jamoaviy faollikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi