Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
17 Mart 2026
836
Yurtimizga bahor nafasi bilan kirib kelayotgan, yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Navro‘z bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni hamda jamoamiz a’zolarini samimiy muborakbod etamiz.
Navro‘z — milliy qadriyatlarimiz, bag‘rikenglik va hamjihatlik an’analarini o‘zida mujassam etgan qutlug‘ bayramdir. Ushbu fayzli ayyom barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, ezgu niyatlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin.
Barchangizga sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat va fayz-u baraka tilaymiz.
Navro‘zi olam qadami qutlug‘ bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“UzGasTrade” AJ
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi