OGU–2026: “UzGasTrade” AJ Energetika haftaligida faol ishtirok etdi
15 May 2026
223
Joriy yilning 12–14-may kunlari Toshkent shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2026 xalqaro ko‘rgazmasi va Energetika haftaligi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir energetika, neft-gaz va kimyo sanoati yo‘nalishidagi yetakchi kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda soha mutaxassislarini bir maydonda jamladi.
Tadbir doirasida Business Quiz intellektual turniri ham tashkil etildi. Mazkur turnir Oʻzbekneftgaz hamda Yoshlar yetakchilari kengashi hamkorligida o‘tkazilib, energetika sohasi yoshlari va mutaxassislarini birlashtirgan muhim maydonga aylandi. Turnir ishtirokchilarning professional bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etishiga xizmat qildi.
Quvonarlisi, mazkur intellektual bellashuv yakunlariga ko‘ra UzGasTrade AJ jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi. Ushbu natija Jamiyat xodimlarining yuqori salohiyati, professional tayyorgarligi hamda samarali jamoaviy hamkorligining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Energetika haftaligi davomida o‘tkazilgan uchrashuvlar, muzokaralar va professional muloqotlar kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda tajriba almashish uchun muhim zamin yaratdi. OGU–2026 doirasidagi tadbirlar “UzGasTrade” AJ vakillarining xalqaro professional maydondagi faol ishtirokini yana bir bor namoyon etdi.
Boshqa yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi
"UzGasTrade" AJ Boshqaruv raisining murojaatnomasi
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“UzGasTrade” AJ xalqaro standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritdi