“O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi” muzeyiga tashrif tashkil etildi
27 Fevral 2026
89
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga muvofiq siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 2-fevral kuni “UzGasTrade” AJ xodimlarining “O‘zbekiston Prokuraturasi tarixi” muzeyiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida jamiyat xodimlari muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, prokuratura organlarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, tarixiy hujjatlar hamda arxiv materiallari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mutaxassislar tomonidan berilgan atroflicha sharhlar eksponatlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi. Ayniqsa, siyosiy qatag‘on davri bilan bog‘liq materiallar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarda tarixiy xotiraga hurmat ruhini mustahkamlash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish hamda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mazmunini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar jamiyatda tarixiy xotiraga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida muntazam yo‘lga qo‘yildi.
Boshqa yangiliklar
RAMAZON HAYITI MUBORAK!
O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari e`lon qilindi
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi