“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
7 Aprel 2026
364
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, “Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” a’zosi Mansur Yunusov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi tamoyillari, adolatga asoslangan siyosati hamda kuchli va markazlashgan davlat barpo etish borasidagi yondashuvlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur ma’ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Sohibqiron merosining bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega ekani, uning g‘oyalari yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan buyuk ajdodimizga hurmat va ehtirom izhor etildi.
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi