“UzGasTrade” AJda “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti o‘tkazildi
20 May 2026
9
Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda jamiyatda ma’naviy daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbirda siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yuldasheva Maxfuzaxon Qobiljonovna ishtirok etib, bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli yot g‘oyalar, ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan asrash, ma’rifat va ogohlikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, inson qadri va vatanparvarlik tuyg‘ularining ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi.
Shuningdek, “Millat fidoyilari” monumentida abadiylashtirilgan insonlarning xalq va Vatan ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, matonati va fidoyiligi haqida alohida so‘z yuritildi. Ularning mardligi, el-yurt tinchligi va xalq manfaatlari yo‘lidagi xizmatlari yosh avlod uchun chinakam ibrat ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarning tobora yaxshilanib borayotgani, inson manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani haqida ham fikr almashildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
Mazkur uchrashuv jamoa a’zolari qalbida ma’naviy daxldorlik, ogohlik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJ xodimlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
“UzGasTrade” AJda xalqaro ISO standartlari asosida integrallashgan menejment tizimi joriy etildi
Diqqat E’lon!
“Burch, jasorat, matonat” — ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri