“Burch, jasorat, matonat” — ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri
8 May 2026
166
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash hamda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, yoshlarni turli yot g‘oyalar va ekstremistik qarashlardan himoya qilish, terrorizmning salbiy oqibatlari hamda diniy aqidaparastlikning xavfi haqida atroflicha ma’lumot berdi. Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid savollar berilib, mutaxassis tomonidan batafsil javob va tushuntirishlar taqdim etildi. Tadbir ochiq muloqot va fikr almashuv ruhida o‘tdi. Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ogohlik, ma’rifat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi