“UzGasTrade” AJda xalqaro ISO standartlari asosida integrallashgan menejment tizimi joriy etildi
18 May 2026
18
2025-yil uchun rejalashtirilgan aksiyador kutilmalariga muvofiq, “UzGasTrade” AJda jarayonlarni boshqarish sifatini yanada oshirish maqsadida xalqaro ISO standartlari asosida integrallashgan menejment tizimini (IMT) joriy etish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tizimni Jamiyat faoliyatiga tatbiq etish maqsadida tegishli tashkilot bilan shartnoma imzolanib, xalqaro ISO standartlari talablariga muvofiq uslubiy hujjatlar to‘plami ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Shuningdek, Jamiyatda ichki audit tadbirlari tashkil etilib, IMTning amaliy joriy etilish holati baholab borildi.
Keyingi bosqichda Jamiyatda joriy etilgan integrallashgan menejment tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlash maqsadida sertifikatlashtirish tashkiloti jalb etildi.
Sertifikatlashtirish auditining:
— 1-bosqichi 2026-yil 23–24-aprel kunlari;
— 2-bosqichi esa 2026-yil 7–8 hamda 12-may kunlari o‘tkazildi.
Audit natijalariga ko‘ra, “UzGasTrade” AJda joriy etilgan integrallashgan menejment tizimining quyidagi xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi tasdiqlandi:
— ISO 9001:2015 – Sifat menejmenti tizimi;
— ISO 14001:2015 – Ekologik menejment tizimi;
— ISO 45001:2018 – Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish menejmenti tizimi;
— ISO 31000:2018 – Risklarni boshqarish tizimi;
— ISO 37001:2025 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi;
— ISO 37301:2021 – Komplayens menejment tizimi.
Ayni paytda Jamiyat tomonidan xalqaro namunadagi sertifikatlarni olish bo‘yicha yakuniy jarayonlar olib borilmoqda.
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJ xodimlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
“Burch, jasorat, matonat” — ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri
Xotira va qadrlash — insoniylik va milliy birdamlik timsoli
Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi