Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” AJ xodimlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

18 May 2026

12

2026-yil 15-may kuni “UzGasTrade” AJda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy, ichki turizm va sport tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq hamda Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Jamiyat xodimlari uchun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga jamoaviy madaniy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida xodimlar Islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosi, Birinchi va Ikkinchi Sharq Renessansi davrlari, xususan, Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat, me’morchilik hamda davlatchilik sohasida erishilgan yuksak yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.

Markaz ekspozitsiyalarida Amir Temur davrining ilm-ma’rifat va adolatga asoslangan davlat boshqaruvi tamoyillari, Temuriylar Renessansi davridagi buyuk allomalar va boy madaniy meros, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish yoʻnalishlari uygʻun holda namoyish etilgani tashrifchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, tarixiy merosning zamonaviy multimedia texnologiyalari, interaktiv platformalar hamda innovatsion yechimlar orqali namoyish etilgani xodimlarning qiziqishini yanada oshirdi hamda ularning tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident tashabbusi asosida barpo etilgan boʻlib, bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosda ham yirik ilmiy-ma’rifiy va madaniy markaz sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur tashrif xodimlarning madaniy hordiq chiqarishi, milliy qadriyatlar va tarixiy merosga boʻlgan hurmatini yanada mustahkamlashi bilan birga, ularning ma’naviy yuksalishi hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Juma kuni munosabati bilan xodimlarning doʻppi va milliy liboslarda tashrif buyurgani tadbirga oʻzgacha milliy ruh va qadriyatlar uygʻunligini bagʻishladi.

 

Powered by GSpeech