Yangi yil tabrigi!
30 Dekabr 2025
444
Hurmatli vatandoshlar, aziz hamkasblar!
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Ortimizda qolib borayotgan yil mamlakatimiz uchun barakali mehnat, barqaror taraqqiyot va ezgu maqsadlar sari ildam qadamlar bilan o‘tdi. Bu yutuqlar, avvalo, xalqimizga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, sabr-toqat va birdamlik samarasi bo‘ldi. Yangi yil yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot olib kelsin. Har bir xonadonda qut-baraka, xotirjamlik va o‘zaro mehr-oqibat hukm sursin. Yangi rejalar, yangi umidlar va xayrli niyatlar ro‘yobga chiqadigan yil bo‘lishini tilaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovon turmush va barcha ezgu ishlaringizda omad tilaymiz!
YANGI YILINGIZ QUTLUG‘ BO‘LSIN!
Boshqa yangiliklar
“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi
“UzGasTrade” AJda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va diktant o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda milliy qadriyatlar, ona tiliga ehtirom va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJda Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi