Yoshlar kuni doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Kitobxonlik soati” o‘tkazildi
3 Iyul 2026
17
Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida joriy yilning 2-iyul kuni “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida yosh xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri hamda “Kitobxonlik soati” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Jamiyat Boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh. Nusharova olib bordi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, unda mujassam ramzlarning mazmun-mohiyati hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng John G. Millerning “Savol ortidagi savol” (SOS!) kitobi yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, unda ilgari surilgan shaxsiy mas’uliyat, to‘g‘ri savol berish madaniyati, tashabbuskorlik hamda yechimga yo‘naltirilgan fikrlash tamoyillarining mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar kitob yuzasidan savol-javoblarda faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari va xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Amaliy misollar va keyslar asosida kitobda ilgari surilgan g‘oyalarni ish faoliyatida qo‘llash yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida davlat ramzlariga hurmat, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va shaxsiy hamda kasbiy kamolotni qo‘llab-quvvatlash yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJ Boshqaruv raisining murojaatnomasi
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“UzGasTrade” AJ xalqaro standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
“UzGasTrade” AJ yoshlari “Meta Small Business Practicum” amaliy seminarida ishtirok etdi