O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari e`lon qilindi
17 Mart 2026
401
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilingani ushbu yo‘nalishdagi qat’iy va izchil islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Mazkur jarayonda, xususan, davlat organlari va tashkilotlarida komplayens nazoratini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborotiga ko‘ra, 117 ta ichki nazorat bo‘linmasi rahbarlari to‘liq yangilangan.
Shuningdek, ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan 27 815 ta o‘rganish natijasida 2,0 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z tashabbusi bilan o‘tkazilgan 2 532 ta xizmat tekshiruvlari asosida 344 ta jinoiy, 493 ta ma’muriy hamda 2 793 ta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilingan.
Batafsil ma’lumot infografikada keltirilgan.
Korrupsiyaga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” — 1253 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Boshqa yangiliklar
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
“UzGasTrade” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
31-AVGUST — QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI