“UzGasTrade” AJ yoshlari “Meta Small Business Practicum” amaliy seminarida ishtirok etdi
16 Iyun 2026
146
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda zamonaviy biznes yondashuvlari bilan tanishtirish maqsadida “UzGasTrade” AJning bir guruh yosh xodimlari “Meta Small Business Practicum” amaliy seminarida ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlarda biznesni rivojlantirish, brend yaratish, zamonaviy reklama vositalaridan samarali foydalanish hamda biznes jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarining biznes va kommunikatsiya jarayonlaridagi o‘rni, raqamli transformatsiya imkoniyatlari hamda zamonaviy mehnat bozorida talab etilayotgan ko‘nikmalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Mazkur seminar “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida yoshlarning zamonaviy bilimlarini boyitish, ularning innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. “UzGasTrade” AJda yosh xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni ilg‘or tajriba va zamonaviy bilimlar bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi