VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026, bo`lib o`tdi
6 Aprel 2026
13
2026-yil 5-aprel, Toshkent – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan an’anaviy VIII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. Sakkizinchi yil ketma-ket tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri bugungi kunda mamlakatimizning eng yirik sport musobaqalaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Marafon World Athletics Label maqomiga ega bo‘lib, xalqaro darajada tan olingan musobaqa hisoblanadi. Marafon natijalari World Athletics tomonidan rasmiy tarzda tasdiqlanadi. Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda ProRun kompaniyasi. Marafonning start va finish nuqtalari poytaxtimizning HUMO Arena maydonida joylashdi. Ishtirokchilar belgilangan masofani Toshkent shahrining diqqatga sazovor ko‘chalari bo‘ylab bosib o‘tdilar. VIII International Tashkent Marathonida “UzGasTrade” AJ xodimlari ham faol qatnashib, 5 km va 10 km masofalarda yugurishdi. Garchi sovrin olmasalar ham, ular sport ruhini namoyish etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi. Bizning xodimlarimiz bu kabi marafonlarda doimiy ishtirok etib keladilar. Mazkur tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va bayram kayfiyatini o‘zida mujassam etgan yirik xalqaro tadbirlardan biridir.
Boshqa yangiliklar
RAMAZON HAYITI MUBORAK!
O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari e`lon qilindi
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi